Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Janubiy Koreyada komaga tushgan o‘zbekistonlik migrant haqidagi ma'lumotga izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda va ba'zi OAV tomonidan O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilov Koreya Respublikasining klinikalaridan birida og‘ir ahvolda bo‘lib turgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi.
Shu munosabat bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti ushbu masala mamlakatning Seul shahridagi elchixonasi doimiy nazorati ostida ekanligini ma'lum qildi.
Abram Oqilov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali 2017 yilning noyabrida Janubiy Koreyaga kelgan va o‘tgan yilning yozida komaga tushib shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, u yerda hozirga qadar malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, davolash tadbirlari doirasida shifoxona tomonidan O‘zbekistondan Oqilovning akasi Azizjon taklif qilingan va unga bemor bilan bir palatada qolish ruxsati berilgan.
O‘zbekiston elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda huquqni himoya qilish organlari tomonidan Abram Oqilov ishlagan kompaniyaga nisbatan ishchi mehnati muhofazasini ta'minlash qoidalariga rioya qilinganligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.
«Elchixonaning konsullik xodimlari mavjud muammolarni zudlik bilan hal qilish maqsadida vatandoshimiz davolanayotgan joyga bir necha bor tashrif buyurdilar va doimiy aloqada bo‘lib turibdilar.
Shu bilan birga, Janubiy Koreya idoralari tomonidan klinikaning tibbiy xodimlari shikoyati asosida noqonuniy xatti-harakatlari qayd etilgan bemorning akasiga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan», - deyiladi TIV xabarida.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026