AQŞ prezidenti Donald Tramp va Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In özaro sammitning ikkinçi kunini boşlaşdi, ayni vaqtda ular birga-bir muzokaralar ötkazişmoqda.
Avvalroq Oq uyda keyin kengaytirilgan tarkibda uçraşuv bölib ötişi, söngra ikki yetakçi lanç ötkazişi ma'lum qilingan. Mahalliy vaqt bilan soat 14.05da Trampning jadvalida Kim Çen In bilan kelişuv imzolaş marosimida iştirok etiş belgilangan. Singapurdagi kabi qöşma bayonot yoki deklaratsiya imzolanişi mumkin.
28 fevralda muzokaralarga umumiy hisobda 5 soatdan köproq vaqt ajratiladi. Tramp Xanoydan ketişdan oldin matbuot-anjuman ötkazadi.
Tramp va Kim Çen In 27 fevralda umumiy hisobda 2,5 soat davom etgan muzokaralar ötkazişdi. Tramp uçraşuvda Şimoliy Koreyada ulkan va çeksiz iqtisodiyot salohiyat borligini va AQŞ uni röyobga çiqarişda yordam berişini aytgan. Kim Çen In öz navbatida ular birgalikda barça odamlar kutayotgan ajoyib natijalarga erişişlariga işonç bildirgan. Tramp uçraşuv natijalariga köra u “ajoyib” ötganini ta'kidlab ötgan.












