Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov boşçiligidagi viloyat rasmiy delegatsiyasi 20-22 fevral kunlari Xitoy Xalq Respublikasi viloyatlari örtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlaş va kengaytiriş doirasida Xitoyga taşrifini amalga oşirdi. 

Foto: Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati

Viloyati hokimligi Axborot xizmatidan xabar berilişiça, dastlab, Özbekistonning Pekindagi Elçixonasi hamda Şanxaydagi Boş Konsulxonasi kömagida 20 fevral kuni Xançjou şahrida Navoiy viloyati hamda Çjenszyan provinsiyasi örtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça Biznes-forumi bölib ötdi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati

 

Foto: Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati

100 ga yaqin xitoylik işbilarmon doiralari qatnaşgan mazkur forumda Navoiy viloyatining investitsiyaviy va turizm salohiyatini namoyon etuvçi taqdimot va investitsion takliflar namoyiş etildi. Biznes forum doirasida Navoiy viloyati işbilarmon doiralari va Xitoy kompaniyalari vakillari örtasida muzokaralar bölib ötdi. Muzokaralar natijalariga köra, ikki mamlakat xöjalik yurituvçi sub'yektlar örtasida Özbekistonda eksportbop mahsulotlarni işlab çiqariş uçun yuqori texnologik uskunalarni yetkazib beriş böyiça kelişuvlarga erişildi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati
Foto: Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati

Taşrif davomida delegatsiya a'zolari tomonidan quriliş, toğ-kon, kimyo, qişloq xöjaligi sohalarida yetakçi hududiy korxonalarning faoliyati bilan yaqindan tanişiş maqsadida Çjetszyan, Futszyan, Şandun va Tszyansu provinsiyalariga safar uyuştirildi.