Toşkent viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 13 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasi olindi, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.

Qayd etilişiça, 2019 yil 26 fevral kuni Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida viloyat içki işlar xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar ötkazilgan.

Natijada, Bunyodkor mahallasi Uzumzor köçasida yaşovçi R.T. uyi omborxonasida berkitib saqlayotgan 13 kg. 16 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy aşyo sifatida olindi. 

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.