Bahaybat Xudvinker (Mola tecta) quyoş baliği Kaliforniya ştati qirğoqlarida topildi. Bu haqda Kaliforniyaning UC Santa Barbara universiteti axborot portali yozmoqda.

Noyob ikki metrli jonivor Santa-Barbara okrugi, Goleta şahri universiteti xodimlari tomonidan topildi. Qirğoqqa tölqinlar orqali çiqarib taşlangan ölik baliqni tadqiq etiş uçun AQŞ, Avstraliya va Yangi Zelandiyadan bir neça mutaxassislar yordami talab qilindi. Tarixda birinçi marta Xudvinker quyoş baliğini noyob tur sifatida 2017 yilda okeanolog Marianna Naygaard aniqlagan.

Foto: Thomas Turner

Ekolog Jyessika Nilsen baliqni topgan. U topilmani suratga oldi va ularni Facebook’da joylaştirdi. Uning hamkasbi Tomas Tyorner fotosuratlarni körib, ğaroyib baliqni öz közi bilan köriş uçun sohilböyiga yöl oldi.

Foto: Thomas Turner

Tyornerning ma'lum qilişiça, bu kabi baliqni avval heç qaçon körmagan va uning nostandart körinişidan hayratga tuşgan. «Uning dumi va tişlari yöq. Oğiz uçun faqat katta dumaloq teşik bor», - deya ta'riflagan u. Keyinçalik suratlar Naygaardga yuborildi, u esa noyob baliq qanday nomlanişini aytdi.

Daily Mail ma'lumotlariga köra, ilgari baliq faqat Janubiy yarim şarda, Avstraliya, Yangi Zelandiya, JAR va Çili qirğoqlarida payqalgan. «U ekvatordan qanday ötib, sizlarning qirğoqlaringizga borib qoldi, yigitlar? Bu baliq ekvatordan nima sababdan kesib ötgani juda qiziq», - degan Naygaard.