Ferrari kompaniyasi yangi superkari F8 Tributo haqida ma'lum qildi. Uşbu maşina 488 GTB modeli örniga keladi. Kompaniya tarixida V8 dvigatelli eng kuçli va tezkor model böladigan superkarning rasmiy taqdimoti Jyenevada mart oyida bölib ötadi.
Örta motorli kupe 488 GTB’dan 40 kg yengilroq bölib, 720 ot kuçiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Avtomobil 100 km/soat tezlikka 2,9 soniyada erişadi, maksimal tezligi esa soatiga 340 kmni taşkil qiladi.

Maşinaning ba'zi detallari kompaniyaning avvalgi modellariga öxşaş işlangan. Misol uçun, maşinaning ikkita dumaloq orqa farasi 8 silindrli modellar orasida birinçi bölib bunday orqa faralar qöllangan Ferrari 308 GTB’dan olingan.

Yangi superkar intereri modernizatsiyalangan, 8,5 dyuymli ekranga ega multimedia tizimi, körinişi özgartirilgan old panel va asboblar paneli, ölçami kiçraytirilgan rul olgan.
Maşina yil oxirida savdoga çiqarilişi kutilmoqda.














