Avvalroq Global Firepower resursi 2018 yil ma'lumotlariga köra davlatlarning harbiy qudrati böyiça reytingini e'lon qilgandi. Röyxatga 136 ta davlat kiritilgan. Reytingni tuzişda 55 ta omil tahlil qilingan. U asosan qurolning miqdori emas, balki qurolli kuçlarning turfaligiga asoslangan. Yadro quroli hisobga olinmagan, biroq unga ega davlatlar muayyan bonus olgan.

Muhim omillar sifatida davlatning geografik öziga xosligi, logistik imkoniyati, tabiiy zaxiralari, sanoatining rivojlanganlik darajasi, işçi kuçi soni va moliyaviy barqarorligi hisobga olingan. Reytingga köra, ilk uçta örinni AQŞ, Rossiya va Xitoy egallagan. Qayd etiş joiz, Özbekiston reytingda 39-öringa qöyilgan.

Hozirda özaro mojarolaşayotgan Hindiston 4-örinni, Pokiston esa 17-örinni egallagan. 

Hindistonning aholisi 1 281 935 911 kişidan, mehnat resurslari 616 mln kişidan, qurolli kuçlari 4 207 250 kişidan iborat. Mamlakat 2185 ta samolyot va 4426 ta tankka, hind floti esa 295 ta kemaga, jumladan bitta aviataşuvçi kema va suv osti kemalariga ega. Mamlakatning mudofaa budjeti 47 mlrd dollarni taşkil qiladi.

Pokiston aholisi esa 204 924 861 kişini taşkil qiladi, mehnatga layoqatli aholisi 95 mln kişidan iborat. Qurolli kuçlari safida 919 ming kişi xizmat qiladi. Pokiston qurolli kuçlarida 1281 ta samolyot va 2182 tank, 197 ta kema bor. Mudofaa budjeti 7 mlrd dollarni taşkil qiladi.

Hindiston ham, Pokiston ham yadro quroliga ega ekanligini hisobga oliş kerak.