Tesla kompaniyasi 1 mart kuni Tesla Model 3 sedanining 35 ming dollardan sotilişi boşlanişini e'lon qildi. Kompaniya bu narxga uşbu modelni 2017 yilda işlab çiqarişni boşlagandan beri intilib kelgan. Bu modelning narxi oxirgi vaqtgaça 45 ming dollarni taşkil qilgan.   

Biroq bu narxga maşinaning eng minimal komplektatsiyasi taklif qilinmoqda. Bu komplektatsiyada örnatilgan batareya qayta quvvatlaşsiz 350 km yöl bosib ötişga imkon beradi. Bir quvvatlanişda 520 km yöl bosişga imkon beruvçi komplektatsiya uçun 43 ming dollar tölaşga töğri keladi.

Modelning maşinani boşqa maşinalarning harakatidan yoki tösiqlar bor-yöqligidan kelib çiqib tezlaştiradigan yoki sekinlaştiradigan avtopilotli versiyasi uçun qöşimça 3 ming dollar, maşina belgilangan manzilga mustaqil bora oladigan va özi parkovka qiladigan töliq avtopilotli versiyasi uçun yana qöşimça 5 ming dollar tölanadi.

Bundan taşqari, kompaniya saytida belgilangan narx öz içiga soliq va yiğimlarni olmasligi aytilgan va haqiqatda xaridor maşina uçun kattaroq narx tölaşiga töğri keladi. Maşinaning buyurtmaçiga yetkazib berilişi muddati 2 haftadan 4 haftagaça vaqtni taşkil qiladi.

2019 yilda kompaniya Model S va Model X modellari savdosini 2018 yilda ularga talab yuqori bölgani sababli qisqartirmoqçi. Kompaniyaning tuşuntirişiça, 2018 yildagi talab maksimal bölgan va şu sababli uning pasayişi kutilmoqda. 2019 yilda Model 3’dan haftasiga 7 mingtagaça işlab çiqariş möljallanmoqda.