2-3 mart kunlari Tailand poytaxti Bangkok şahrida Osiyo Olimpiya Kengaşining 38-Boş Assambleyasi bölib ötadi. Unda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham iştirok etadi, deb ma'lum qildi qömita matbuot xizmati.
Boş Assambleya kun tartibida belgilanişiça, unda Jakarta-2018 yozgi Osiyo öyinlarining taşkiliy qömitasi tayyorlagan yakuniy hisobot taqdim etiladi. Şuningdek, Tokio-2020 yozgi Olimpiya öyinlari, Pekin-2022 qişki Olimpiadasi taqdimoti ham namoyiş etiladi; «Olimpiya birdamligi» loyihasi böyiça yangiliklar ma'lum qilinadi.
Şu bilan birga, Boş Assambleya yiğilişida 2019-2022 yillar uçun OOK rahbariyati, Ijroiya Qömitasi va doimiy komissiyalarining yangi tarkibi ham saylanadi.
Eslatib ötamiz, kuni keça OOK prezidenti Şayx Ahmad Al-Fahad As-Saboh Toşkentga kelgan, u bilan Özbekistonning 2030 yilgi Osiyo öyinlariga mezbonlik qilişi masalasi muhokama qilingan edi.
Umid Ahmadjonov As-Saboh bilan muzokaralar, Osiyo öyinlari mezbonligi uçun raqobatdagi ustunlik va unga tayyorgarlik haqida












