Özbekistonda davlat xizmatlari körsatiş tizimining dastlabki qadamlari taşlanganiga 15 yildan oşdi. 2003 yili tadbirkorlik sub'yektlarini röyxatdan ötkaziş uçun «yagona darça» tamoyili böyiça Inspeksiyalar taşkil qilingan edi. 2016 yil 1 yanvardan boşlab ularning negizida «yagona darça» tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatiş yagona markazlari taşkil etildi. 2018 yil 1 yanvardan ular Davlat xizmatlari markazlariga (DXM) aylantirildi.

Bugungi kunda aholi va işbilarmonlar özlariga zarur bölgan turli ma'lumotnomalar, ruxsatnomalar, litsenziyalarni oliş va boşqa köplab xizmatlardan foydalaniş uçun DXMga murojaat qilişlari mumkin. Endi siz turli idora va taşkilotlar eşigini taqillatib yurişingiz, rahbarlarining imzosi, muhrini kutib halak bölişingiz şartmas. Bu xizmatlar DXM tomonidan, duşanbadan jumagaça, soat 9-00dan 20-00gaça, tanaffussiz körsatilmoqda. Albatta bu tizim aholining oğirini yengil qilmoqda, uning hayot sifati, investitsiya iqlimi, işçanlik muhitini yaxşilaş va biznesni rivojlantiriş uçun qulay muhit yaratmoqda.

DXMni taşkil qilişdan közlangan maqsad – jismoniy va yuridik şaxslarga yuqori sifatli, tezkor, şaffof xizmat körsatiş, bu sohada byurokratiya, sansalorlik va eng asosiysi korrupsiyaga yöl qöymaslik edi.

Davlat xizmatlari röyxatidan ekologiya va qişloq xöjaligi sohasidagi xizmatlar, arxitektura va quriliş, FHDYo va notariat xizmatlari, huquqiy xizmatlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş, kadastr, ijtimoiy xizmatlar, iqtisodiyot va moliya sohasidagi xizmatlar joy olgan. Ularning soni oy, yil sayin oşib bormoqda va yaqin kelajakda 700ga yetişi kutilmoqda.

Xöş, bugungi kunda DXM qanday işlayapti, ular bu xizmatlarni aholi va tadbirkorlarga körsatişga tayyormi, ularning kamçiligi va muammolari nimalardan iborat? – şu savollarga Xorazm viloyatining ba'zi tumanlaridagi DXM faoliyatini örgangan holda javob izlaşga harakat qildik.

Urganç şahridagi DXM, yangi qurilgan zamonaviy binoda joylaşgan. Murojaatçilar uçun barça qulayliklar mavjud: kutiş zali, yumşoq örindiqlar, maxsus kassa işlab turibdi. Odam gavjum bölsa-da, uzundan-uzun navbatlar yöq.

Davlat xizmatlarini olis joylarga borib körsatiş uçun maxsus jihozlangan Isuzu avtobusi bor. Tumanlarga bu maqsad uçun Damas avtomobillari ajratilgan.