Namangan şahrida joylaşgan Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazi 100 yilligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yangi loyiha işlab çiqdi.

Loyiha uşbu majmuani tubdan modernizatsiya qilişga yönaltirilgan. Jumladan:

– kutubxona yonida şinam kitob savdo markazi taşkil etiladi; 
– viloyatning çekka mahalla va ovullari aholisi, ayniqsa, yoşlar mutolaa madaniyatini yuksaltiriş maqsadida Agentlik tomonidan maxsus jihozlangan “Bibliobus” yölga qöyiladi.

“Bibliobus”lar ham kutubxona, ham kitob dökoni sifatida sayyor xizmat körsatadi. Uning yordamida öquvçilar kutubxonaga emas, kutubxona öquvçilar oldiga boradi.

Prezident mazkur loyiha bilan tanişar ekan, uni qöllab-quvvatlaşini, jumladan, uşbu ma'naviy qimmatga ega loyihani qisqa muddatda amalga oşiriş lozimligini ta'kidladi. Davlat rahbari, şuningdek, qariyb yarim gektarga teng maydonda joylaşgan kutubxona tevaragini kitob mutolaasiga qulay, osoyişta bölişi lozimligini qayd etdi.

Eslatib ötamiz, 2019 yil 4 fevral kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Komil  Allamjonovni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlaş töğrisidagi farmoyişni imzolagandi.