2019 yilning 1 mart kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Abu-Dabi şahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşining (Turkiy kengaş) boş kotibi Boğdod Amreyev bilan uçraşdi.
Suhbat çoğida ta'kidlanganidek, Turkiy kengaş faoliyatida kuzatilayotgan jöşqin özgarişlar Özbekistonda katta qiziqiş uyğotmoqda. Mamlakat uşbu jarayonning bir qismi böliş va özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişni közlamoqda, deyiladi TIV xabarida.
Şuningdek, prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan 2019 yili Toşkent şahrida Turkiy işbilarmonlar kengaşi va uning biznes forumining navbatdagi majlisini ötkazişning amaliy masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuvda Özbekiston va Turkiy kengaş örtasidagi hamkorlik bilan boğliq boşqa masalalar ham körib çiqildi.












