2019 yilning 1 mart kuni Islom hamkorlik taşkiloti Taşqi işlar vazirlari kengaşining (IHT TIVK) 46-sessiyasida iştirok etayotgan Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya Abu-Dabi şahrida Birlaşgan Arab Amirliklari taşqi işlar va xalqaro hamkorlik vaziri Şayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan uçraşuv ötkazdi.
Özbekiston TIV rahbari vazir Şayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayonni IHT TIVKdagi raisligi boşlangani bilan tabriklab, unga taşkilotga a'zo davlatlarning xalqlari farovonligi yölidagi faoliyatida omad tiladi, deyiladi Taşqi işlar vazirligi xabarida.
Bölib ötgan suhbat çoğida ikki tomonlama munosabatlarning hamda BMT, IHT va boşqa xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlaniş istiqbollari muhokama qilindi.
Vazirlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlik hajmlarini oşirişga özaro qiziqiş borligini va buning uçun sezilarli salohiyat mavjudligini tasdiqladilar. Xususan, 2018 yilda Özbekiston va BAA örtasidagi özaro savdo aylanmasi ötgan yilga nisbatan 23%ga ösdi va uşbu dinamika joriy yilda ham saqlanib qolişi kutilmoqda.
Turli darajadagi bölajak ikki tomonlama uçraşuvlarning muddati va kun tartibi borasidagi tomonlarning takliflari muhokamasi muzokaralarda alohida örin oldi.











