Hozirda korrupsiya ayblovi bilan qamoqda jazo ötayotgan, Braziliyaning sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaga nabirasinig vafoti tufayli qamoqni vaqtinça tark etişiga ruxsat berildi.
Siyosatçining olti nabirasidan biri, 7 yoşli Atur Araujo Lula da Silva 1 mart kuni kasallik oqibatida vafot etgan. Sobiq prezident nabirasining dafn marosimida iştirok etişni söragan va uning iltimosi qondirilgan.
Ma'lum qilinişiça, sobiq prezident San-Paulu ştatidagi qabristonga qöriqçilar hamrohligida kelgan.
Bir oyça avval mahbusga vafot etgan ukasi bilan vidolaşişga ruxsat berişmagan. Öşanda sud idoralari sobiq prezidentga dafndan keyingi oilaviy uçraşuvda iştirok etişga ruxsat bergan, biroq Lula da Silva turmada qolişga qaror qilgan.
Lula da Silva Braziliyaga 2003 yildan 2011 yilgaça prezidentlik qilgan. U 2016 yilda boşqa bir korrupsiya va pul yuviş işi böyiça 9,5 yillik qamoq jazosiga tortilgan
2018 yil yanvarda oliy sud uning qamoq jazosini 12 yil 1 oygaça uzaytirgan. Sobiq prezident 2018 yil aprelda Kuritiba şahridagi turmada jazoni ötaşni boşlagan.
2019 yil fevralda esa uning qamoq muddatiga yana 13 yil qöşib berilgan.
Umumiy hisobda Lula Da Silvaga qarşi 7 ta jinoiy iş oçilgan. Siyosatçi ulardan biri böyiça oqlangan.

















