Özini mamlakatning vaqtinçalik prezidenti deb e'lon qilgan Xuan Guaydo Venesuelaga qaytayotganini ma'lum qildi va yangi namoyişlar ötkazişga çaqirdi.
"Mamlakatga qaytayotganimni ma'lum qilaman va butun mamlakat böylab duşanba va seşanba kunlari çiqişlar qilişga çaqiraman", - deb yozdi Guaydo Twitter sahifasida.
Avvalroq AQŞning Venesuela böyiça maxsus vakili Elliott Abrams mamlakat hukumatini Kolumbiyadan qaytmoqçi bölgan Guaydoni hibsga olmaslik haqida ogohlantirgandi. Guaydo 22 fevral kuni Venesuelani tark etişi taqiqlangan bölsa-da, Kolumbiyaning Kukuta şahriga borgandi. Venesuela oliy sudi vakili Xuan Karlos Valdes Guaydo taqiqni buzib mamlakatni tark etgani uçun 30 yilgaça qamalişi mumkinligi haqida ma'lum qilgandi.Guaydo 23 yanvarda özini vaqtinçalik prezident deb e'lon qilgandi. Öşandan beri mamlakatda siyosiy inqiroz davom etmoqda.













