3 mart kuni Koreya Key-ligasida yangi mavsumga start berildi.
O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi, yangi mavsum arafasida «Lokomotiv»dan «Seul» klubi safiga yo‘l olgan Ikrom Aliboyev mavsumning ilk o‘yinida boshlang‘ich tarkibga kiritildi.
«Seul» 1-turni «Pohang Stilers»ga qarshi o‘tkazdi va Hvang Hyunsunin dubli evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlarning ikkinchi goliga Ikrom Aliboyev uzatma berdi, u o‘yinning oxirigacha maydonda bo‘ldi.
Qayd etish kerakki, seulliklar 2010 yildan buyon ilk marta mavsumni g‘alaba bilan boshladi.
Ikrom Aliboyev K Ligadagi yurishini golli uzatma bilan boshladi. @alibaev_9 pic.twitter.com/aJt86gtCAu
— offside_uz (@offside_uz) 3 marta 2019 g.









