Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiroqchida tug‘ilgan Shavkat, Miromon va Mirziyoning otasiga Spark berildi. Bu oilada 7 farzand tarbiyalanmoqda
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan Shavkat, Mirziyo va Miromonning otasi Sherzod Do‘stumrodovga Prezident sovg‘asi — Spark mashinasi sovg‘a qilindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati «Kun.uz»ga ma'lum qildi.
«Chiroqchi tumanining Qo‘rg‘ontepa qishlog‘ida tarix fani o‘qituvchi Sherzod Do‘stumrodov oilasida dunyoga kelgan 3 nafar egizak farzandlarga davlat rahbariga havas qilib Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yildi. 4 mart kuni Qashqadaryo viloyati hokimligi va tuman mutasaddilari chaqaloqlarning durkun va sog‘lom ulg‘ayishlari uchun ularning ota-onalariga eng kerakli bo‘lgan anjomlar va uy-ro‘zg‘or buyumlarini hamda Spark avtomashinasini sovg‘a qilishdi», deyilgan xabarda.
«Bugungi kunda farzandlarimning ahvoli va salomatligi juda yaxshi. Nasib etsa yurtimiz koriga yaraydigan yigitlar bo‘lishsin», deydi egizaklar otasi Sherzod Do‘stumrodov.
Chiroqchi tumanidagi 166-maktabda tarix fani o‘qituvchisi bo‘lgan Sherzod Do‘stumrodov xonadonida 3 egizak joriy yilning 21 yanvar kuni dunyoga kelgan edi.
Ma'lumot uchun, bu xonadonda bungacha ham 4 farzand bor edi. Dastlabki ikki homila rivojlanmay qolgan oilada keyinroq bir qizaloq dunyoga keladi, ketidan o‘g‘illik ham bo‘lishadi. Bir qiz va bir o‘g‘ildan so‘ng egizaklar dunyoga kelgan — biri o‘g‘il, bir qiz. Shunday qilib, farzandlar soni to‘rt nafarga yetgan — ikki o‘g‘il, ikki qiz.
Yanvarda esa yosh oila yana 3 chaqaloq bilan ko‘paygan.
Mavzuga oid
17:30 / 06.04.2026
“Rus, ingliz va nemis tilini telefon va internetdan o‘rgandik” - buxorolik 12 yoshli egizaklar hikoyasi
16:05 / 08.12.2025
To‘qqiz qizli Jasur - to‘rt egiz tug‘ilgan xonadondan reportaj
15:13 / 20.06.2025
«Oyiga 100 ming odamga xizmat qila oladi» – prezident Chiyal dehqon bozoridagi sharoitlarni yaxshilashga ko‘rsatma berdi
17:05 / 20.02.2025