Amazon rahbari Jyeff Bezos dunyodagi eng boy odam nomini saqlab qoldi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, uning boyligi 19 milliard dollarga oşib, 131 milliard dollarni taşkil etdi.
Aniqlik kiritilişiça, u kelasi yili, rafiqasi Makkenzi Bezoz bilan ajraşganidan söng reytingdagi yetakçi örinni saqlab qolişi böyiça masala hozirça oçiq qolmoqda. Makkenzi ajrim jarayonidan keyin Bezosga tegişli pullarning yarmini olişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Forbes dunyoning eng boy ayolini ma'lum qilgandi.
Forbes naşri talqiniga köra, joriy yilda dunyoning eng boy ayoliga L’Oreal kompaniyasining merosxöri Fransuaza Betankur-Mayyers aylandi. U umumiy reytingda 15-örinni egallagan. Uning boyligi 50 mlrd dollarga baholangan.












