Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Rossiya bilan integratsiyaga yondaşuvlarni qayta körib çiqişga tayyorligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda u Yevropa taşkilotlari bilan hamkorlik va integratsiya tuzilmalarida iştirok etiş masalalari böyiça yiğilişda xabar berdi, deya ma'lumot tarqatdi BeLTA.

«Belarus ittifoq quriş ğoyasining mutlaq tarafdori bölib qoladi. Men buni Rossiya Federatsiyasidagi tarafdorlarimiz hamda raqiblarimiz eşitişini xohlayman», - dedi Belarus yetakçisi.

Uning ta'kidlaşiça, ittifoqning asosiy tamoyili - barça fuqarolar uçun teng şaroitlar va suverenitet postulati (isbotsiz ham qabul qilinaveradigan dastlabki faraz - tah.).

Uning sözlariga köra, Rossiya rahbariyati bundan avval integratsiyaga yondaşuvlarni qayta körib çiqiş taşabbusi bilan çiqqan. «Biz bunga tayyormiz. Hukumatlar darajasida guruhlar taşkil etildi, bu ikkilik doirasida birlaşuv jarayonlarini yanada rivojlantiriş böyiça takliflar tayyorlaş uçun qilindi», - deya aniqlik kiritdi Lukaşenko.

Uning qöşimça qilişiça, birgalikdagi işni tahlil qiliş va «foydalanilmayotgan resurslar mavjud bölgan joylarni» aniqlaş kerak. Şuningdek, Belarus prezidentining qayd etişiça, ikki tomonlama hamkorlikning eng dolzarb muammolari hozirgi vaqtda iqtisodiy sohadadir.

Moskva va Minsk örtasida neft-gaz sohasidagi bahs ötgan yilning oxirida keskinlaşdi, öşanda Lukaşenko Rossiyada tayyorlanayotgan soliq manyovrini integratsiyani töxtatişga uriniş deb atadi: u tufayli Rossiya nefti Belarusga Yevropa narxlarida yetkazib berilişi lozim.

Sönggi bir neça oy içida Lukaşenko bir neça bor respublikaning mustaqilligi va suvereniteti masalasi haqida gapirdi. Ötgan yil dekabrida u Belarus heç qaçon Rossiya tarkibiga kirmasligi haqida ma'lum qildi. Kremldan ta'kidlaşlariça, masala bunday şaklda muhokama etilmagan.

Öşanda Belarus OAV davlat suverenitetini himoya qiliş böyiça mamlakat isteblişmenti yopiq majlis ötkazganini xabar berdi. Davlat rahbarining matbuot kotibi bunday ma'lumotni rad etib, Belarusda mustaqillik masalasi «allaqaçon hal etilgani»ni ta'kidladi.

2019 yil boşida u Belarusga Ğarb va Şarqdan tahdid borligi haqida ogohlantirgandi