Jahon | 14:30 / 01.03.2019
42664
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko Putinning rejasi va prezidentlikdan «to‘ygani» haqida gapirdi

Foto: TUT.by

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ma'lum qilishicha, Rossiya rahbari Vladimir Putinda Belarusni davlat tarkibiga qo‘shib olish istagi yo‘qdir. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Lukashenko jamoatchilik va OAV vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda bunday rejalarni «avvaldan his qilishi» haqida aytdi. Sababi, uning bildirishicha, Rossiya prezidentini yigirma yildan beri biladi.

Lukashenkoning ta'kidlashicha, yaqinlashuv ikki davlatning birlashuvini o‘z ichiga olmasligi kerak. Uning ma'lum qilishicha, belaruslarning 98 foizi bunday tashabbusga qarshi chiqadi.

So‘nggi bir necha oy ichida Lukashenko respublikaning mustaqilligi va suvereniteti masalasi haqida tinmay gapirdi.

Xususan, 2019 yil boshida u Belarusga G‘arb va Sharqdan tahdid borligi haqida ogohlantirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika «ham chapda, ham o‘ngda, ham G‘arbdan, ham Sharqdan suverenitet va mustaqillik masalasi bo‘yicha jiddiy ravishda tekshiriladi». Shu bilan birga, Lukashenkoning qayd etishicha, agar hukumat samarali ishlasa, mamlakatni «o‘rnidan qo‘zg‘ata olishmaydi».

Shuningdek, Aleksandr Lukashenkoning uchrashuv davomida ma'lum qilishicha, boshqa shaxs ham respublika rahbariga aylanishi mumkin.

«Lukashenko prezidentlikdan to‘ydi, ehtimol boshqa prezident ham bu yerdadir. Ammo keyinchalik ruslar bilan savol tug‘iladi, sababi ular Belarusning bu prezidentini bilishadi. Boshqasi bilan qiyinroq bo‘ladi, nokamtarlik uchun kechirasizlar», - dedi Belarus yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen kelajakda Belarus «urush va bosib olish»ni nazarda tutadigan «Ukraina ssenariysi»ga duch kelishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid