Niderlandiya Eron hukumati mamlakatdan Niderlandiya elçixonasining 2 xodimini çiqartirib yuborgandan keyin Erondagi öz elçisini maslahatlaşuvlar uçun çaqirtirib oldi. Bu haqda Niderlandiya taşqi işlar vaziri Stef Blok ma'lum qildi. 

Uning aytişiça, niderlandiyalik diplomatlar Erondan 3 mart kuni çiqartirib yuborilgan.

Niderlandiya taşqi işlar vazirligi ma'lumotlariga köra, Eron 20 fevralda Niderlandiya elçisini Tehrondagi elçixonaning ikki xodimi persona non grata deb e'lon qilinişidan xabardor qilgan. Bu qaror Niderlandiya tomonidan 2018 yil iyunda ikki eronlik diplomatning çiqartirib yuborilişiga javob bölgan. Bunga esa Eron 2015 yilda Almerda va 2017 yilda Gaagada kelib çiqişi eronlik bölgan ikki gollandga suiqasd qilinişiga aloqador bölişi mumkinligi sabab bölgan.   

Eronning Gaagadagi elçisi Niderlandiya taşqi işlar vazirligiga tuşuntiriş beriş uçun çaqirtirilgan. Suhbat çoğida Niderlandiya “golland diplomatlarining çiqartirib yuborilişi ikki tomonlama munosabatlarga salbiy ta'sir qilişi va nomaqbulligini” ta'kidlab ötgan. Biroq şunga qaramay diplomatlarni çiqartirib yuborişga qaror qilingan.