Volvo kompaniyasi maşinada xavfsiz yurişni ta'minlaş böyiça yangi strategiyani işlab çiqdi. Kompaniya bu strategiya davomida öz avtomobillari maksimal tezligini 180 km/soatgaça çeklaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya saytida ta'kidlab ötilgan.  

Uşbu çeklov 2020 yildan boşlab çiqariladigan avtomobil modellariga taalluqli böladi.

Statistikaga köra, tezlikni oşiriş jiddiy yöl-transport hodisalarining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Şu sababli 2020 yildan boşlab kompaniyaning barça avtomobillarida haydovçi tezlikni belgilangan limitdan oşira olmaydi.

Bundan taşqari, yangi modellarga xavfsizlikni va avtopilotda yurişni ta'minlaş texnologiyalarini tatbiq qiliş rejalaştirilgan. Şu bilan birga, kompaniya avtomobilning tezligini muayyan hududlarda avtomatik kamaytiradigan tizimni işlab çiqiş imkoniyatini örganmoqda.