Buyuk Britaniyada donordan ilik köçirilganidan söng katta yoşli bemor OIVdan xalos bölgan ikkinçi holat qayd etildi.
2007 yilda Germaniyada xuddi şu yöl bilan bir erkak davolangandi. The Guardian naşrining yozişiça, öşa kişida OIV-infeksiyasi hozirga qadar qayd etilmagan.
Şifokorlarning fikriça, bu usul istiqbolli emas va keng qöllaniliş ehtimoli kam. Germaniyada qayd etilgan natijaga faqatgina oradan ön yil ötgaç erişilgan, bungaça esa muvaffaqiyatsizliklarga duç kelingan. Buning asosiy sababi esa donor tanlaşdagi murakkablikdir. Ya'ni bu usulni faqat alohida bemorlar uçungina qöllaş mumkin.
Ammo bu tajriba bemor genetik kodini özgartiriş orqali uni davolaş mumkinligini isbotlaydi.












