Özbekiston Respublikasi prezidenti “Hukumatni şakllantiriş tartibi demokratlaştirilişi va uning mas'uliyati kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda ÖzA.
Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2019 yil 26 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma'qullangan.
Hujjat bilan 1992 yil 8 dekabrda ön ikkinçi çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining ön birinçi sessiyasida qabul qilingan Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga quyidagi özgartişlar va qöşimça kiritildi:
79-moddaning (Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi mutlaq vakolatlari) 4-bandi quyidagi mazmundagi 4 va 5-bandlar bilan almaştirildi:
«4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, şuningdek davlatning içki va taşqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiliş;
5) Özbekiston Respublikasi Boş vazirining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zoligiga nomzodlarni keyinçalik ularni Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimlarga tasdiqlaş uçun körib çiqiş va ma'qullaş kiradi».
93-modda (Özbekiston Respublikasining prezidenti) birinçi qismining 11-bandi (Özbekiston Respublikasi boş vazirining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi) quyidagi tahrirda bayon etildi:
«11) Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi ma'qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi».
98-moddaning (Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvçi hokimiyatni amalga oşiradi) ön birinçi qismidagi «boş vazir» degan sözlar «boş vazirning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi ma'qullaganidan keyin kiritilgan» degan sözlar bilan almaştirildi.












