Osiyo Chempionlar Ligasida guruh bosqichi o‘yinlari davom etmoqda.

Amaldagi chempion «Kashima Antlers» o‘z maydonida «Johor Dorul Ta'zim» klubini 2:1 hisobida yengdi. «Melburn Viktori» kutilmaganda «Degu»ga 1:3 hisobida yutqazdi. «Guangjou Evergrand» 2:0 hisobida «Sanfrechche Xirosima»dan ustun keldi.

OChL, guruh bosqichi, 1-tur
5 mart 

Ye guruhi

Kashima Antlers (Yaponiya) – Johor Dorul Ta'zim (Malayziya) 2:1
Gollar: Hirato (43), Serjino (56) – Diogo (80)

Gyongnam (Janubiy Koreya) – Shandong Luneng (Xitoy) 2:2
Gollar: U Ju-Sung (60), Kim Syung-Jun (68) – Pelle (21, 77)

F guruhi

Melburn Viktori (Avstraliya) – Degu (Janubiy Koreya) 1:3
Gollar: Toyvonen (29) – Sesinya (31), Hvang Sun-Min (51), Edgar (61)

Guangjou Evergrand (Xitoy) – Sanfrechche Xirosima (Yaponiya) 2:0
Gollar: Taliska (19), Paulino (26)