Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning antikorrupsiya prokurori AQSh elchisining bayonotini mamlakat ichki ishlariga aralashish deb baholadi
AQSh elchisi Mari Yovanovichning Ukraina maxsus antikorrupsiya prokuraturasi rahbari Nazar Xolodnitskiyni bo‘shatish haqidagi talabi mamlakat ichki ishlariga aralashishdir. Xolodnitskiy amerikalik diplomatning bayonotini ana shunday baholadi, deb xabar berdi TASS.
"Boshqa davlat elchisining o‘ziga erk berishi o‘zlarining vijdoniga havola. Boshqa davlatning ichki ishlariga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", - dedi u "Leviy bereg" nashri bilan suhbatda. Shu bilan birga Xolodnitskiy bu vaziyatni kelasi haftada izohlashga va'da berdi.
Seshanba, 5 mart kuni AQSh elchisi Yovanovich Ukraina inqiroz mediamarkazi tashkil etilganligining besh yilliga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda Ukraina maxsus antikorrupsiya prokuraturasi rahbari Nazar Xolodnitskiyni ishdan bo‘shatishga chaqirgandi.
Yovanovich shuningdek, Ukraina hukumati "Ukroboronprom" korxonasini to‘liq audit qilishni moliyalashtirish va davlat mudofaa buyurtmasi haqidagi ma'lumotlarni imkon boricha ochiqlashni so‘ragandi.