Xitoyning Huawei telekommunikatsiya kompaniyasi AQŞ hukumatiga qarşi da'vo arizasi bilan çiqdi. Kompaniya bildirişiça, davlatning uşbu korxona qurilmalaridan foydalanuvçi kompaniyalar bilan işbilarmonlik hamkorligiga qöygan taqiqi noqonuniy sanaladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, da'vo Texas okrug sudiga topşirilgan. Kompaniya vakillarining qayd etişiça, AQŞ hukumati Huawei mahsulotlaridan foydalanişga qöyilgan taqiq uçun asoslar keltirib bera olmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Huawei moliyaviy direktori Kanada hukumatini sudga bergandi.
Undan oldin, Xitoy Huawei moliyaviy direktori Men Vançjouni AQŞga ekstraditsiya qiliş jarayonini boşlaş töğrisidagi qaror munosabati bilan Kanadaga protest bildirdi.












