AQŞning Buffalo şahridagi hospis va pallativ yordam markazi tibbiyotçilari ön yillik tadqiqotni yakunlab, sirli yangilikni oçişga muvaffaq bölişdi, deb yozmoqda «Populyarnaya mexanika».
Klinik ölimni, ya'ni hayot va biologik ölim orasidagi ortga qaytarsa böladigan ötiş bosqiçini boşidan keçirgan odamlar ğalati keçinmalar haqida hikoya qilişadi. Köpinça ularning köz öngidan butun hayotlari ötib ketadi, şundan söng ular tim qoronği tunnelda paydo bölişadi va u yorqin yoğdu bilan tugaydi, ayrimlar esa allaqaçon ölib ketgan yaqinlarini uçratişadi.
Kristofer Kerr boşçiligida olimlar ötkazgan tadqiqotga köra, ölimidan uç hafta avval odamlar mazmunan bir xil ğalati tuşlar köra boşlaşadi. Keyinçalik vafot etgan 13 mingdan ziyod bemorlarni kuzatgan mutaxassislar 88 foiz kişilar ölimi oldidan öta yorqin tuşlar körişini aniqlaşgan.
Vafot etgan bemorlarning ölimi oldidan tasvirlab berişlariça, 72 foiz holatda ular allaqaçon ölib ketgan qarindoşlari va döstlari bilan gaplaşişgan va juda iliq taassurotlarga ega bölişgan. Bemorlarning 59 foizi özlarining sönggi tuşlarida jomadonlarini yiğiştirib, çipta xarid qilişgan — xullas, qayoqqadir sönggi yölga otlanişgan. Ayrimlar poyezdga çiqişgan yoki samolyotda uçişgan, ularga allaqaçonlar ölib ketgan yaqinlari hamrohlik qilişgan va ular xursandçilik bilan muloqotda bölişgan.
Bemorlarning 29 foizi esa tuşlarida faqat tirik qarindoşlari va döstlarini körişgan. 28 foiz kişilar ölimoldi tuşlarida hayotidagi yorqin iz qoldirgan u yoki bu voqealarni qaytadan gavdalantirişgan. Faqat ölim bilan olişayotgan bolalarda istisno röy bergan: ularga köpinça özlarining ölib ketgan uy hayvonlari köringan. Şuningdek, yoşi katta insonlar ham tuşga kirgan, lekin yoş bolalar ularni yaxşi eslab qolişolmagan.

Sirli tuşlar ölimdan 10-11 hafta ilgari körila boşlanadi, 3 hafta ilgari ularning soni köpayadi, tuşlar yorqinlaşa boradi. Afsuski, bu fenomenni Kristofer Kerr va uning jamoasi tuşuntirib bera olmagan. Balkim ölim oldidan boş miyada qandaydir özgarişlar röy bera boşlar va bunday tuşlarga şaroit yaratar. Şunisi aniqki, bunday tuşlar insonni tinçlantiradi va juda yaqin qolgan ölim oldidan ularning qörquvini pasaytiradi.

















