Toşkentdagi klinikalardan birida ota-onasi tomonidan klinik ölim holatida olib kelingan bolakayning hayotini saqlab qolgan şifokor “Oramizdagi qahramonlar” loyihasi iştirokçisiga aylandi.

“Yuksaliş” umummilliy harakati vakillari “Oramizdagi qahramonlar” loyihasi doirasida şifokor Sergey Vladimiroviç Tobiasga minnatdorlik xatini taqdim etib, harakatga a'zo bölişni taklif etdilar. 

“S.Tobias kabi toza qalb va qöli gul, öz işiga sodiq professionallar atrofdagilarni ham har kuni yaxşilik, savob iş qilişga ilhomlantirib, mamlakatda ijobiy özgarişlarni amalga oşirişga turtki böladilar. Uning harakatlari yana bir bor befarq bölmaslik va doimo yordamga muhtojlarga kömak körsatiş qançalik muhim ekanligini körsatdi”, - deyiladi “Yuksaliş” harakati xabarida.

Bundan oldin, Toşkentdagi klinikalardan birida şifokor klinik ölim holatida olib kelingan bolaning hayotini saqlab qolgani xabar berilgandi.