Lyuksemburg Buyuk Gersogligi taşqi va Yevropa işlari vaziri J.Asselborn boşçiligidagi delegatsiya bilan Transport vazirligida uçraşuv bölib ötdi, deb yozmoqda ÖzA.

Muloqot çoğida transport-logistika, tranzit sohasidagi hamkorlik Özbekiston va Lyuksemburg manfaatlariga birdek xizmat qilişi ta'kidlandi.

Bugungi kunga qadar Özbekiston bilan Lyuksemburg örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlar amalga oşirilmagan. 2018 yilning sentabr oyida Toşkentda bölib ötgan “Markaziy Osiyo xalqaro transport yölaklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida ikki mamlakat aviatsiya ma'muriyatlari “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi orqali tijoriy qatnovlarni amalga oşiriş imkoniyatlarini muhokama qildi.

Muzokaralar yakuni böyiça uşbu sohadagi hamkorlik loyihalarini işlab çiqişga kelişildi.

Transport vazirligida Lyuksemburg delegatsiyasi bilan taşkil etilgan uçraşuv çoğida ikki davlat aviatsiya ma'muriyatlari örtasida havo qatnovi töğrisida protokol imzolaş marosimi bölib ötdi.

Hujjat mamlakatlar örtasida yuk, yölovçi taşiş va charter reyslarini amalga oşirişni huquqiy tartibga solişga xizmat qiladi. Lyuksemburgning «Cargolux» aviakompaniyasi uçun 2020 yildan Osiyo mamlakatlariga yuk taşişdagi tranzitlarni “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi orqali amalga oşiriş imkoniyatlarini yaratadi.