2019 yilning 6 mart kuni Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga taşrif buyurgan Lyuksemburg Buyuk Gersogligining taşqi va Yevropa işlari vaziri Jan Asselborn bilan uçraşdi.

TIV xabariga köra, suhbat çoğida Özbekiston-Lyuksemburg kun tartibidagi barça masalalar va hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari, jumladan BMT va boşqa xalqaro taşkilotlar doirasidagi aloqalar muhokama qilingan.

Qayd etilganidek, Özbekiston Lyuksemburgni Yevropadagi işonçli şerik deb hisoblaydi. Lyuksemburgning “Özbekiston-Yevropa munosabatlarida faol rolini hisobga olgan holda uşbu davlat bilan «Özbekiston-YeI» şaklidagi hamkorlikni rivojlantirişga katta e'tibor qaratiladi.

Vazir Jan Asselborn 2010 yil 28-29 mart kunlari rasmiy delegatsiya rahbarligidagi Özbekistonga qilgan taşrifini iliq sözlar bilan yodga oldi va Lyuksemburg rahbariyati mamlakat hamda butun Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirişga katta ahamiyat berişini ta'kidladi.

Muzokaralarda mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi. Şu örinda Afğonistondagi vaziyatni tinç yöl bilan hal etişdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Şuningdek, vazirlar turizm, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda hamkorlikni faollaştiriş masalalarini körib çiqdilar, deyiladi xabarda.