O‘zbekistonda milliy oliy ta'lim muassasalarida aviatsiya sohasida mutaxassislar tayyorlash tiklanadi. Bu haqda yo‘lovchi va yuk tashuvlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasida aytiladi.
Xususan, milliy oliy ta'lim muassasalarida aviatsiya sohasida mutaxassislar tayyorlashni tiklash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Amalga oshirish muddati - 2019 yil 1 aprelgacha. Mas'ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Transport vazirligi.
Shuningdek, «Transport logistikasi» yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va boshqaruv kadrlari tayyorlashni tashkil etishning samaradorligi oshiriladi. Bu borada Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
Amalga oshirish muddati - 2019 yil 1 aprelgacha. Mas'ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Transport vazirligi.















