O‘zbekistonda xususiy sektorga aeroportlar hududida xizmat ko‘rsatishga ruxsat beriladi. Bu haqda yo‘lovchi va yuk tashuvlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasida aytiladi.
Xususan, aeroportlarning noaviatsion daromadlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Xususiy sektorning aeroportlar hududida xizmat ko‘rsatishga jalb etilishiga ruxsat beriladi.
Bu boradagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar 2019 yil 1 iyunga qadar ishlab chiqiladi. Mas'ullar - Transport vazirligi, «O‘zbekiston havo yo‘llari».

















