O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2 mart kuni iqtidorli qizlarni a'lo xulqi, noyob iste'dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta'lim, fan, adabiyot, madaniyat, san'at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarni ma'qullab, tegishli qarorni imzolagan.

Shu munosabat bilan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni o‘tkazilgan bayram tantanalarida mukofot egalariga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirildi.

Kaipnazarova Sapura Jalgasbay qizi

Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Tuliyeva Sarvinoz Abdulla qizi

Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali qoshidagi To‘rtko‘l akademik litseyi 3-bosqich o‘quvchisi

Muxtorjonova Xusnigul Nodirbek qizi

Andijon davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi

Tojiddinova Oygul Foziljon qizi

Andijon viloyati Izboskan tumanidagi «Aygul-tekstil» ishlab chiqarish sexi boshlig‘i

Ostonova Sevaraxon Said qizi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi