2018 yilning aprel oyida Kun.uz’ga Toshkent shahri Mirobod tumani Mirobod MFYda istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar murojaat qilishgandi. Murojaatda ular mahalla hududida «RENT GROUP INVESTMENTS» MChJ tomonidan qurilayotgan guzar loyihasidan noroziligini bayon etishgan. Sayt muxbirlari murojaatni joyiga chiqib o‘rganishi davomida o‘tkazilgan muzokaralarda taraflar (Mirobod tuman hokimiyati, tadbirkor va fuqarolar) kelishuvga erishishgandi. Ya'ni, bir oy muddatda mahalla fuqarolar yig‘ini o‘zlari xohlagandek guzar loyihasini tayyorlashadi, kerakli mablag‘ni shakllantirishadi va loyiha hokimlikka taqdim etiladi. Ular ko‘rib chiqqanlaridan so‘ng, kerakli tashkilotlar bino qurilishiga ruxsat beradi.

Biroq joriy yilning fevral oyiga kelib mazkur mahallada yashovchi fuqarolar yana sayt bilan bog‘lanishdi. Yana muxbirlar borib vaziyatni o‘rganishdi. Ma'lum bo‘lishicha, orada yana ko‘p tortishuvlar bo‘lib o‘tgan. Loyiha bir necha bor o‘zgartirilgan. Lekin norozilik saqlanib qolavergan.

O‘sha vaqtda, qurilish ishlari boshlangan chog‘da bino asosini qurish uchun hududda qazuv ishlari olib borilgan. Lekin aholi qarshiligi tufayli qurilish to‘xtatilgan va chuqurlik atrofi o‘rab qo‘yilgan.

O‘sha atrofda yashovchi bir necha kishi bilan suhbatlashdik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilishdagi rolini oshirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqini ro‘yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilab berdi. Shu asosida mahalla faollari mahalla instituti faoliyatini samarali olib borishi uchun ularga mahalla guzarlari qurish ko‘rsatib o‘tildi.