Yölovçilarga qulaylik yaratiş va jamoat transportlari qatnovini yaxşilaş maqsadida avtobuslarning qatnov vaqtini körsatuvçi MyVus mobil ilovasi «Toşşahartransxizmat» yölovçilariga ​xizmat körsatayotgan edi. Ammo uşbu dastur ötgan yilning 1 dekabridan beri noma'lum sabablarga köra işlamayapti.

Mazkur holatga «Toşşahartransxizmat»​ AJ matbuot xizmati oydinlik kiritdi.

«Qatnov vaqtlari haqida aniq ma'lumot berilişini ta'minlaş, sifatni oşiriş maqsadida mazkur ilovaning eskisi töxtatilib, yangi varianti işlab çiqilgan. 

U avtobuslarni töliq qamrab oliş maqsadida GPS texnologiyasi asosida tuzilgan. Hozirda MyVus Test – 10.15 mobil ilovasi tayyor va u test rejimida işlamoqda. Faqatgina ilovani internetdan yuklab oliş bizga boğliq bölmagan holda texnik sabablarga köra muammo bölmoqda. Şu sababli uni hali ommalaştirmayapmiz»​, —​ dedi jamiyat matbuot kotibi Ravşan Yoqubjonov. 

Uning aytişiça, yaqin bir oyda barça muammolarni bartaraf etilişi kutilmoqda.
Şuningdek, Telegram messenjerida onlayn rejimda TashBus bot xizmati ham mavjud bölib, uning faoliyati ham noma'lum sabablarga köra töxtagan. 

«Toşşahartransxizmat»​ vakili taqdim etgan ma'lumotga köra, mazkur bot böyiça loyiha töxtatilgani bois, endi u xizmat körsatmaydi, transport qatnovi haqida ma'lumotni faqat MyVus ilovasi orqali oliş mumkin böladi.

Ma'lumot uçun, «Toşşahartransxizmat»​ AJning 1062 işonç telefoniga boğlangan foydalanuvçilarga test rejimidagi MyVus Test – 10.15 mobil ilovasini yuklab oliş yöllari haqida ma'lumot taqdim etiladi.​

Saodat Abdurahmonova