Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkmaniston chegara masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
2019 yilning 1-7 mart kunlari Turkmanobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida davlatlararo chegaraning loyihaviy demarkatsion chizig‘i o‘tishi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish davom ettirildi va ayrim uchastkalarda dala demarkatsion ishlarini olib borish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.
Uchrashuv an'anaviy do‘stlik va hamjihatlik ruhida bo‘lib o‘tdi, deyiladi ma'lumotda.
Qayd etilishicha, muzokaralar yakunida tegishli Bayonnoma imzolangan.
Mavzuga oid
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026