6 mart «Özyoğmoysanoat» uyuşmasi ta'sisçilarining umumiy yiğilişi taşkil etilib, Uyuşma ijro apparatining tuzilmasini tasdiqlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Unda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining taqdimnomasiga asosan ta'sisçilarning umumiy yiğilişi qaroriga asosan Pardayev Ğulomnazar Eşboyeviç uyuşma raisi vazifasini bajaruvçi etib saylandi.
Yoğ-moy sanoati tizimida 25 yillik tajribaga ega Ğulomnazar Pardayev 1976 yilda Boyovut tumanida tuğilgan. U Toşkent kimyo texnologiya instituti (1999 yil), Guliston davlat universiteti (2008 yil) hamda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasi qoşidagi Oliy biznes maktabi (2011 yil) bitiruvçisi hisoblanadi.
«Özyoğmoysanoat» uyuşmasi 2022 yil 1 yanvarga qadar mol-mulk soliği va yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliği tölaşdan ozod etilgan. Uyuşmaga a'zolar tomonidan şartnoma asosida yönaltiriladigan ajratmalar yuridik şaxslar foyda soliğining soliqqa tortiladigan bazasidan çiqariladi.
Öz navbatida, yangi uyuşma öz a'zolarining huquq va manfaatlarining himoya qiliş, tarmoqqa zamonaviy bozor munosabatlarini keng joriy qiliş, içki va taşqi bozorda marketing tadqiqotlarini taşkil qilib, tarmoqni rivojlantirişning örta va uzoq muddatli dasturlarini işlab çiqiş kabi muhim vazifalarni bajarişi kerak.

















