«Özyoğmoysanoat» korxonalari uyuşmasining xabar berişiça, joriy yilda 56,6 ming gektar asosiy maydonda yetiştirilgan kungaboqar ekinidan olingan hosil hisobiga 31,2 ming tonna, 120,8 ming gektar takroriy ekin sifatida kungaboqar yetiştirilgan maydondan 59,8 ming tonna kungaboqar moyi işlab çiqariladi. Umuman olganda, fermer xöjaliklari tomonidan 277,4 ming tonna kungaboqar xomaşyosi tayyorlanadi va uni qayta işlaş hisobiga 91 ming tonna kungaboqar moyi olinişiga erişiladi.
Şuningdek, qariyb 140 ming gektarda yetiştirilgan soyadan 37,2 ming tonna soya moyi, salkam 30 ming gektarda yetiştirilgan kunjut va rapsdan 12 ming tonna ösimlik moyi olinadi.
«Respublikada keng maydonlarda moyli ekinlar yetiştirilişi natijasida 500 ming tonnadan ortiq xomaşyo jamğariladi va uni qayta işlaş hisobiga 141 ming tonna ösimlik moyi, 350 ming tonna şrot olinişiga erişiladi. Bu importdan kirib kelayotgan yuqori qiymatli tayyor ösimlik moyi hajmining 80-85 foiz qisqarişiga va narxlar barqarorligiga zamin yaratadi», deyiladi xabarda.
Uyuşma xabariga köra, yildan yilga ötadigan ösimlik moyi zaxira miqdori ham bu yil 30,7 million tonnaga kamaydi. Bu holatlar dunyo bozorida ösimlik moyi taqçilligiga va narxining keskin oşib ketişiga sabab bölgan.
Kun.uz'da Özbekistonda ösimlik moyi narxi oşib borayotganiga oid tahliliy maqola e'lon qilgandi. Unda sönggi oylarda dunyo böyiça ösimlik moyi narxi örtaça 20-25 foizga, Özbekistonda esa 17 foizga oşgani, şuningdek, narx oşişi kungaboqar moyi narxi kötarilişi fonida sezilgani ta'kidlangan edi. Mutaxassislar narx yana 30 foizga oşişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Ma'lumot uçun, Özbekiston zaytun yetiştirişni köpaytirmoqçi ekani, Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida 530 gektardan ortiqroq maydonda zaytun plantatsiyasi barpo etilişi rejalaştirilgan.
Avvalroq Toşkent bozorlarida ösimlik moyi narxi sezilarli oşgani bois yarmarkadagi arzon yoğ uçun navbatlar yuzaga kelgani haqida ham xabarlar tarqalgandi.

















