Özbekiston Respublikasi prezidenti “Xalqaro reyting va indekslarda Özbekiston Respublikasining örnini yaxşilaşga oid çora-tadbirlarni tizimlaştiriş töğrisida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
Farmon bilan ustuvor xalqaro reyting va indekslarni kompleks ravişda körib çiqiş va yaxşilaş borasida ijro samaradorligini oşiriş hamda mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan olib borilayotgan tegişli çora-tadbirlarni tizimli muvofiqlaştiriş lozimligini inobatga olgan holda:
Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan işlaşni muvofiqlaştiriş böyiça komissiya tuzildi;
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasiga xalqaro reyting va indekslar bilan işlaş böyiça mas'ul bölgan Özbekiston Respublikasi moliya vaziri örinbosari lavozimi kiritildi;
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida boşqaruv xodimlarining soni qöşimça 10 ta ştat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan işlaş boşqarmasi taşkil etiladi va yuqori malakali kadrlar bilan töldirilişi ta'minlanadi.
Belgilab qöyilişiça:
a) Komissiya xalqaro reyting va indekslarda Özbekiston Respublikasining örnini yaxşilaş böyiça işlarni amalga oşiriş doirasida:
har oyda kamida bir marotaba yiğiladi;
mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan maqsadli körsatkiçlarga erişiş uçun ustuvor yönalişlarni belgilab beradi va amalga oşirilayotgan işlarni muvofiqlaştirib boradi;
tegişli qarorlar qabul qiladi va ularning ijrosini vazirlik hamda idoralar tomonidan sifatli va töliq bajarilişini ta'minlaydi, şuningdek, ularning oylik hisobotlarini eşitadi;
Özbekiston Respublikasi Prezidentiga amalga oşirilgan işlar yuzasidan har oyda kamida bir marotaba hisobot taqdim etadi;
b) moliya vaziri örinbosari:
xalqaro reyting va indekslarda Özbekiston Respublikasining örnini yaxşilaş borasida mutasaddi vazirlik va idoralarning muvofiqlaştirilgan özaro hamkorligini, ularga yuklatilgan vazifalarni samarali va sifatli bajariş uçun uslubiy va konsultativ yordam körsatişni ta'minlaydi;

















