02:51 / 09.03.2019
11004

A Seriya. "Yuventus" yirik hisobda g‘alaba qozonib, "Napoli" bilan farqni 19 ochkoga yetkazdi

Foto: Twitter/JuventusFC

Italiya chempionati 27-tur o‘yinlari start oldi. 

Ilk uchrashuvda "Yuventus" o‘z maydonida "Udineze"ni qabul qilib, 4:1 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Shu tariqa, turinliklar ochkolari sonini 75taga yetkazib, eng yaqin ta'qibchisi "Napoli"dan 19 ochko ilgarilab ketdi. 

Yuventus – Udineze 4:1 (2:0, 2:1)

Gollar: 1:0 – 11 Kin, 2:0 – 39 Kin, 3:0 – 67, penalti Djan, 4:0 – 71 Matyuidi, 4:1 – 84 Lazanya.
Yuventus – Shchensny, Bardzali (Bonuchchi, 25), Kaseres, Rugani, Aleks Sandro, Djan, Spinatssola, Matyuidi (Dibala, 72), Bentankur, Bernardeski, Kin (Nikolussi-Kavilya, 80).
Udineze – Musso, Larsen, Zegelar, Uilmot (Lazanya, 46), ter Avest (Sandro, 62), Trost-Ekong, de Paul, Nyuytink (Opoku, 25), Pussetto, De Mayo, Fofana.
Ogohlantirishlar: Larsen (27), Pussetto (50), Opoku (53).

Mavzuga oid
Top