Nyu-Yorkda «Kraysler» osmonöpar binosi egalari uni 150 million dollarga sotişga qaror qilişdi, deya yozmoqda The Wall Street Journal.
Manbalar söziga köra, bir neça hafta davom etgan muzokaralar natijasida osmonöpar minorani bino hozirgi egasining hamkori bölgan RFR Holding kompaniyasi sotib olişga qaror qildi.
Avvalroq, Abu-Dabi davlat fondi va nyu-yorklik yakka tartibda imorat quruvçi şaxs Tişman Spreyyer bino egasi bölgani ma'lum qilingandi. Köçmas mulk qiymatining bahosi turliça bölgan, biroq ba'zi tahlilçilarning fikriça, bu narx Abu-Dabi investitsiya kengaşi 2008 yilda 90 foiz aksiyalarni xarid qilişga sarflagan 800 million dollarni qoplamaydi.
Bundan oldin, Amazon Nyu-Yorkdagi qarorgohidan voz keçişi mumkin ekani xabar berilgandi.












