KXDR raketa parvozini amalga oşirişga tayyorgarlik körayotgan bölişi mumkin. Bu haqda National Public Radio xabar berdi.

Amerika radiostansiyasi DigitalGlobe kompaniyasining sun'iy yöldoşdan olingan fotosuratlarga ega ekani aytiladi, ularda mamlakatdagi birinçi qit'alararo ballistik raketalar işlab çiqarilgan Sanumdon ilmiy-tadqiqot markazini köriş mumkin.

Suratlarda obekt yaqinida töxtab turgan yengil va yuk avtomobillari tasvirlangan. Şuningdek, markaz yaqinida temir yöl vagonlari va kötarma kranlar borligini payqaş mumkin.

Montereydagi Middlberi xalqaro tadqiqotlar institutining Şarqiy Osiyoda tarqatmaslik dasturi böyiça direktori Jyeffri Lyuis sözlariga köra, bu KXDR raketa uçirişga tayyorgarlik körayotgan bölişi mumkinligidan dalolat beradi.

«Agar hamma narsa birlaştirilsa, unda KXDR raketa yaratiş jarayonida ekanini taxmin qiliş mumkin», - deya aniqlik kiritdi Lyuis.

Biroq, bu harbiy raketa yoki sun'iy yöldoşlarni uçiradigan raketa ekani hozirça tuşunarsiz. Bundan taşqari, ehtimoliy parvoz muddatlari ham noma'lum, deya aniqlik kiritadi radiostansiya.

Bundan oldin, Jimmi Karter Trampga yordam beriş uçun KXDRga borişga tayyor ekani xabar qilingandi.