AQŞning Merilend ştati politsiyasi eng köp qidirilayotgan ön nafar jinoyatçidan biri bölgan Lamont Stefensonni qölga oldi. Bu haqda Metro naşri xabar berdi.

Stefenson yuk maşinasi içida uxlayotgan şubhali şaxs haqida xabar qilinganidan söng qölga olingan.

Naşrning yozişiça, Stefenson birinçi qotillikni 2014 yilda amalga oşirgan. Öşanda u sobiq sevgilisini öldirgan.

Huquqni muhofaza qiliş organlarida qotilning barmoq izlari bölmaganligi sababli qidiruv murakkablaşgan. Ularda qotilning faqatgina fotosurati bölgan.

Bundan taşqari, Stefenson ötgan haftada Vaşingtonda yana bir qizni öldirişda gumonlanmoqda.