«Lokomotiv» Osiyo Çempionlar ligasining 2-turi doirasida Qatarning «Ar-Rayyan» klubiga qarşi öyin uçun Dohaga yetib keldi. Jamoa charter reys orqali 3,5 soatlik parvozdan söng Qatar poytaxtiga qöndi.

Tribuna.uz muxbirining Dohadan xabar berişiça, «temiryölçilar» «Wyndham Grand Regency Doha» mehmonxonasiga joylaşişgan. Al-Sadd tumanidagi bu mehmonxonadan ertangi uçraşuv bölib ötadigan «Jassim Bin Hamad» stadioniga 10 daqiqada yetib oliş mumkin.

Bugun tuşdan keyin öyinoldi rasmiy tadbirlari bölib ötadi. Matbuot anjumanlari va rasmiy maşğulotlardan tezkor yangiliklarni Tribuna.uz`da kuzatib boring.

Eslatib ötamiz, «Ar-Rayyan»-«Lokomotiv» uçraşuvi 11 mart, duşanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:35da (Toşkentda 20:35) start oladi. Öyinni yaponiyalik Hiroyuki Kimura boşçiligidagi hakamlar brigadasi boşqarib boradi.
«Loko» dastlabki turda BAAning «Al-Vahda» klubini qabul qilib, 2:0 hisobida ğalabaga erişgandi. «Ar-Rayyan» esa Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoa maydonidan 1:5 hisobidagi mağlubiyat bilan qaytdi. Dohaliklar oxirgi uçta uçraşuvda ketma-ket yirik hisobda yutqazdi, natijada Jiddadagi öyindan keyin boş murabbiy Bulent Uyğun iste'foga çiqarildi.

Boş murabbiy Andrey Fyodorov Dohaga quyidagi 20 nafar futbolçini olib kelgan:
Darvozabonlar:
Ma'mur Ikromov
Javohir Ilyosov
Himoyaçilar:
Oleg Zoteyev
Şuhrat Muhammadiyev
Davron Hoşimov
Islom Töxtaxöjayev
Anzur Ismoilov














