Jinoyatda aybdorni topiş oson iş emas. Agar jinoyatda gumon qilinayotgan şaxsning egizagi bölsa, ayblov tomoni ança ter tökişga majbur böladi. Bunday hollarda, DNK tahlili ham yordam bermasligi mumkin, çunki egizaklarning qon tahlili ayrim hollarda bir xil çiqadi. 

2009 yil 25 fevralda Berlin şahrida şov-şuvli jinoyat işi sodir etildi. Qimmatbaho taqinçoqlar savdosiga ixtisoslaşgan Kaufhaus Des Westens​ dökoniga uç nafar niqobli öğrilar binodan tomidan kirib, 5 million yevro qiymatidagi buyumlarni olib ketgan.

Politsiyaning omadi kelib, öğrilarning biri qölqopsiz harakatlanganda, DNK izi qolib ketganini topdi. Rasmiy bazada bu ma'lumotlar egizak Abbos va Hasanga tegişli ekani ma'lum böladi. Gumondor avval ham öğirlik qilgani uçun qölga olingandi. Ammo tergov işida muammo paydo böldi.

Tergovçilar egizaklarning qay biri jinoyatga qöl urganini aniq isbotlab berişga qodir emasdi, yuqori texnologiyalar asosida DNK tahlilini ötkaziş ança qimmat turadi, ayblanuvçining jinoyatni sodir etganini isbot qiluvçi boşqa dalil ham yöq. Ayblov kimga nisbatan e'lon qilinişi ham noma'lum edi: jinoyatçi Abbosmi yo Hasan?

«Topilgan dalilga köra, egizaklarning biri jinoyatga qöl urgani bölişi tayin. Ammo ulardan qay biri ekanligini aniq tasdiqlay olmaymiz», — deya ta'kidladi sud.

Egizaklar esa körsatma berişdan boş tortdi. Sud ularni qöyib yuborişdan boşqa tanlovi qolmagandi. Aka-ukalar jurnalistlar qarşisida «huquqiy rivojlangan davlatda yaşayotganidan xursand»ligini bildirgan.

Bunday vaziyatlar kam yuz beradi, ammo politsiya va sud işida muammo hal qilinmagandi.

Kanadalik jinoyat işlari böyiça yurist, Nyu-York universiteti huquqşunoslik fani öqituvçisi Rikardo Federikoning ta'kidlaşiça, DNK kimningdir aybli yo aybsizligini isbot qiluvçi universal instrument emasligini ayon böldi.

«Tergov davomida ilmiy metodning kamçilikka yöl qöyişi istisno etilmaydi. Bu masalada muammo avvaldan oydek ravşan: sudning qarşisiga bir xil DNK saqlovçi egizaklarni ötqizib, jinoyatçini tanlaşga majbur qila olmaysiz»​, —​ deydi u.

Odatda egizaklarni tanadagi alohida belgisi, masalan tatiurovka yo tirtiq, bilan tanib oliş mumkin. Şuningdek, barmoq izi ham egizaklarda turliça böladi.

2003 yil Çikagoda köça guruhlaridan birining a'zosi otib ketilgandi. Qora kiyimdagi jinoyatçi bir kişini otib, ikkinçi nişondagi kişini jarohatlagan. Gumondor tez orada qölga tuşdi  —​ u raqobatçi guruhning a'zosi Kevin Dyugar bölib çiqdi. Sud uni qamoqqa jönatdi. Ammo oradan köp yillar ötib, Kevinning egizagi Karl Smit ötmişdagi jinoyatni u sodir etganini tan oldi.