O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi jahon chempionatida ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi
AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Og‘abek Nafasov ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi.
-55 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nafasov dast ko‘tarishda 102 toshni o‘ziga bo‘ysundirib, bu borada ikkinchi natijani qayd etdi va dastlabki kumush medalni o‘ziniki qildi.
Siltab ko‘tarish bahslarida esa Nafasov 121 kg toshni ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi va 3-natija egasi bilan bir xil natija ko‘rsatdi. Ammo meksikalik sportchining vazni Og‘abekdan yengilroq bo‘lgani uchun o‘zbekistonlik sportchi bu borada to‘rtinchi o‘rinda qayd qilindi.
Ammo bu Og‘abekning umumiy natijalar bo‘yicha medallariga ta'sir qilmadi. Ikki kurash bo‘yicha 223 kg jamg‘ara olgan Nafasov yakunda ikkinchi natijani qayd etdi va ikkinchi kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Og‘ir atletika. O‘smirlar o‘rtasida JCh
Yigitlar, -55 kg:
1.Serxio Massidda (Italiya) – 228 kg
2. Og‘abek Nafasov (O‘zbekiston) – 223 kg
3.Xose Peralta (Meksika) – 217 kg
Mavzuga oid
20:45 / 15.03.2024
Erkaklar va ayollar o‘rtasida mahalla futbol terma jamoalari tuziladi
08:53 / 07.12.2023
Og‘ir atletika bo‘yicha Ruslan Nuriddinov sport markazi tashkil etiladi
15:23 / 04.12.2023
Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
13:16 / 13.05.2023