Rossiya Federatsiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Lyuksemburgning Luxemburger Wort nashriga bergan intervyusida «rasmiy Moskva 2019 yildan keyin Ukraina orqali rus gazini Yevropaga yetkazib g‘oyasidan voz kechishni o‘ylamayotgani»ni ma'lum qildi.
Medvedev sirtdan Germaniya kansleri Angela Merkelning fikrini ma'qullab, «Shimol oqim-2» quvur yo‘lining qurilishi bitgach ham, «Rossiya mazkur yo‘l orqali gaz yetkazib berishdan voz kechmoqchi emas»ligini aytgan.
«Shimoliy oqim-2», «Turk oqimi» yuzasidan Ukrainaga nisbatan bunday yo‘l tutishni nazarda tutmayapmiz. Biz 2019 yildan keyin ham Ukraina orqali tranzit gaz yetkazilishini saqlab qolish haqida o‘ylayapmiz», — deydi RF Bosh vaziri.

To‘rt yil avval Moskvada boshqa kayfiyat hukmron edi. Har ikki «oqim» ham Ukrainani gaz tranzitidagi geografiyadan chiqarib tashlovchi instrument sifatida ko‘rilgandi. «Gazprom» rahbari Aleksay Miller ham, Energetika vaziri Aleksandr Novak ham «2019 yildan so‘ng Ukraina hukumati bilan gaz o‘tkazish bo‘yicha shartnoma uzaytirilmasligi»ni tasdiqlagandi.
Rus rasmiylari matbuot savoliga doim bir xil javob bergan: barcha kuch «Turk oqimi»ga qaratiladi va kelgusida Markaziy hamda Janubi-Sharqiy Yevropaga gaz aynan shu yo‘nalishdagi quvurlar orqali yetkazib beriladi.
«Muddatlar qat'iy belgilangan. Qurilish esa bugundan boshlanishi kerak», — degandi Miller 2015 yili aprelda.
Uning gaplari xuddi ultimatum sifatida yangragandi: kim «oqim»ga qo‘shilmasa, gazdan mosuvo bo‘ladi. Ammo konsepsiya o‘zgardi.
«Tranzit yo‘nalishlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, yetkazib berish ham shunchalik ishonchli bo‘ladi», — deydi Dmitriy Medvedev. Balki muqobil quvur yo‘nalishlari bo‘yicha gapirishning o‘zi haqiqatga mos kelmayotgani fikrlarning o‘zgarib qolishi sababchisidir.
«Turk oqimi» yo‘nalishi qurilishni yakunlash bo‘yicha muddatlar har ikki davlat — Turkiya va Rossiya prezidentlari, tomonidan tasdiqlandi. Shundan so‘ng, yo‘nalish Bolgariya-Serbiya-Vengriya bo‘ylab harakatlanishi lozim, keyin quvurlar Avstriyaga yetib boradi. Hozircha mana shu marshrut, Gretsiya variantini inobatga


















