Soğlom turmuş tarzi tarafdorlari orasida havo tozalagiç (filtr) ança ommalaşdi. Avval, bunday moslamalar sanoat korxonalari, ofis yo şifoxonalarda işlatilgan bölsa, sönggi paytda filtrdan uy şaroitida foydalaniş trend darajasiga kötarildi. Ayrim xonadon bekalari faqat havo tozalagiç xonadagi iflos havoga qarşi kuraşişi, köçadan kirayotgan çang va allergenlarni kamaytirişiga işonadi.
Filtr bozori esa geografiya tanlamay dunyo böyiça kengayib bormoqda. Oxirgi 3 yilda havo tozalagiç moslamalari sotuvi Janubiy Koreyada 3 baravar ösdi, hukumat mamlakatdagi barça maktabgaça ta'lim muassasalarini ana şunday matoh bilan jihozlaşni rejalaştirmoqda.
Har yili atmosferadagi havoning ifloslanişi tufayli 1,6 million kişi halok bölayotgan Xitoyda ham filtr bozoridagi savdo ikki baravar ösib, yiliga 7,5 million dona tozalagiç sotilgan qayd etildi. AQŞ bozorida bu turdagi moslama 2017 yilda 2,6 milliard dollarga teng kapital hosil qilgan bölsa, 2023 yilga borib, uşbu körsatkiç 3,9 milliardga yetib borişi kutilmoqda.

Havo tozalagiçning ommalaşib, xaridorgir bölişi astma va allergik kasalliklarning keng tarqalişi bilan teng yuz berdi. Ayrim ma'lumotlarga işonadigan bölsak, köçaga nisbatan xonadagi havo 2-5 baravar iflos bölişi mumkin. Negaki, köçada turli maişiy aerozol va tozalovçi muhit tufayli havo yangilanib turişi ta'kidlanadi. Biznes esa bu vaziyatda trendni his eta oldi, har kuni yangi va yangi moslamalar taklif etilmoqda, ular orasida iflosgarçilikni molekulyar darajada parçalaş quvvatiga ega moslamalar borligi aytiladi.




















