Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 11 mart kuni sudyalar qurultoyida sudyalarga hadis aytib berdi. Bu haqda Akipress xabar qilmoqda.

«Eng muhimi, qonunlar va Yaratgandan qörqiş kerak. Keça nutqimni tayyorlaganimda, men bir hadisni yodga oldim. Payğambarimiz (s.a.v) şunday deganlar: imtihon uç xil böladi. Ikkitasi dözaxda, biri jannatda. Agar sudya adolatli qaror çiqarsa, unda uning joyi jannatda böladi. Işni yaxşi tuşunmasdan hukm çiqargan yoki haqiqatni bilib turib, adolatsiz qaror çiqarganlarni esa dözax kutadi», - degan prezident. Şundan keyin u yana bir marotaba hadisni takrorlagan.

«Şu haqda unutmang. Hamma Yaratgan oldida javob beradi», - dedi prezident.

Bundan oldin, Jeenbekov Qirğiziston butun dunyoga şarmanda bölgani haqida aytib, transport vazirini işdan çetlatgandi.